Maktab o’quvchilarini yozgi ta’til davomida vaqtini sermazmun o’tkazish va kitobga oshno qilish maqsadida Samarqand shahar 9- maktabning 4- sinf o’qituvchisi o’quvchilari bilan  A.S. Pushkin  nomidagi axborot-kutubxona markaziga kelishdi. Kutubxona mutaxassislari kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami bilan tanishtirdilar. Shuningdek, ta’til davomida kutubxonaga kelib, badiiy kitoblar o’qib, ma’naviy boyliklarini oshirishlari mumkinligini ta’kidlab o’tdilar.