Bilag’on kitobxonlar davrasida

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari “Kitob va mutolaa” haftaligi doirasida Yoshlar zalida Samarqand shahar 13060 harbiy qism serjantlari o‘rtasida “Bilag‘on kitobxonlar davrasida ” nomli viktorina o‘yini tashkil etishdi. Tadbirda O.Mamadaliyev, J.Tojimirzayevla faol ishtirok etib, eng yuqori ball bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Tadbir qiziqarli savol-javoblarga boy bo’ldi.

AKM mutaxassislari navbatdagi siyosiy-ma’rifat soatida ishtirok etdi

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tomonidan taqdim etilayotgan “Siyosiy-ma’rifat soati”da ishtirok etdi. Bugungi siyosiy-ma’rifiy soatida “Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob -axloq qoidalari ” hamda hafta davomida qabul qilingan huquqiy -normativ hujjatlarning mazmun mohiyati ma’ruzachilar tomonidan yoritilib berildi.AKM mutaxassislari navbatdagi siyosiy-ma’rifat soatida ishtirok etdi

Salomat Mamatqulova kitoblarining taqdimoti

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Taxti Sulaymon”, “Sensiz”, “Ishq osmoni”, “Amerika oqshomlari”, “Ey dil” nomli she’riy to’plamlari hamda “Qalbimdagi vatan”, “Hukmdorning buyuk armoni”, “Yalangto’sh tutgan yo’lbars” nomli tarixiy romanlar muallifi Salomat Mamatqulova kitoblarining taqdimoti bo’lib o’tdi. Taqdimotda yozuvchi kitoblarining mazmun mohiyati tushuntirib berildi.

Huquqiy bilimlar oshirildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2022-yil 27-iyuldagi buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil avgust oyidan boshlab har oyda bir marta “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida xodimlar uchun kutubxonaning faoliyati, maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda, qonunlariga rioya etish yuzasidan seminar-treninglar, mahorat darslari tashkil etish belgilangan. Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi boshlang’ich…

Koreyalik o’qituvchi kutubxona sharoitlari bilan yaqindan tanishdi

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga Janubiy Koreya davlati fuqarosi Samarqand davlat universiteti Xalqaro ta’lim dasturi fakulteti ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi o’qituvchisi Seo Younjung, o’qituvchiga hamrohlik qilib, Samarqand shahar 52-maktab o’qituvchisi Meliqulova Uljon, koreys tili o’qituvchisi Yarbekova Umida kelishdi. Kutubxona mutaxassislari kutubxonada yaratilgan sharoitlar hamda kitoblar olami bilan yaqindan tanishtirdilar.

Muzeylarda ma’daniy merosimiz mujassam etgan

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari “Kitob va mutolaa” haftaligi doirasida “Ma’naviyatimiz asoschisi” shiori ostida Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli ilmiy muzeyga ekskursiya tashkil etishdi. Ekskursiya davomida xodimlar muzey va unda saqlanuvchi ma’daniy meros haqida ma’lumotlar olishdi.