Hisobot

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat AKMda 23-yanvar kuni boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2022-2024 yillarga tuzilgan “Jamoa shartnomasi bo‘yicha 2022 yilda bajargan ishlari yuzasidan xisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Jamoa shartnomasining yil yakuni bo‘yicha, asosan xodimlar sog‘ligini himoyalash, yoshlarni qo‘llab quvvatlash va madaniy ma’rifiy ijtimoiy himoyalash maqsadida ma’lum ishlar amalga oshirilganligi ta’kidlandi va KUK ishi qoniqarli deb topildi.…

Kitobxonlikni oshirish — jamiyatning rivojlanishidir

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida o’tgan 2022- yil sarhisobi hamda 2023-yilda kutubxona oldiga qo’yilgan rejalar bo’yicha yig’ilish o’tkazildi. Yig’ilishda 2022- yilgi qilingan ishlar tahlil qilinib, kelgusida kutuxonaga ko’proq kitobxonlarni jalb etish,ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yanada samaraliroq o’tkazish, kitob targ’ibotlari, ta’lim tashkilotilari bilan hamkorlikni yanada ko’paytirish bo’yicha vazifalar belgilanib olindi.

Shalola to’garagi a’zolari bilan ekskursiya tashkil etildi

Kitobxonlikni targ’ib qilish borasida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazi bir qancha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.Xuddi shunday, Shalola to’garagi a’zolar bilan ekskursiya tashkil etildi. Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami hamda elektron bazalar haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.

Bir adib haqida suhbat

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Bir adib haqida suhbat” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag‘ilshlangan Samarqand davlat universitetining filologiya fakulteti talabalari bilan birgalikda davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida shoirning hayoti va ijodi, asarlari haqida so‘z yuritildi.

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida kitobxon onalar kuni

Bugun bosh vazir o’rinbosari Zulayho Mahkamovaning har oyning 17-sanasida kutubxonada “Kitobxon onalar kuni”ni o‘tkazish tashabbusiga binoan A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda uy bekalari, mahallarning faol xotin-qizlari, buvijonlar, maktab o‘quvchilari ishtirok etdilar. Tadbirdan ko’zlangan maqsad xotin-qizlar, ayniqsa uy bekalari orasida kitobxonlikni targ’ib qilish, kitobxon onalar sonini ko’paytirish orqali farzandlar tarbiyasini, maʻnaviyatini, madaniyatini…

Harbiylar, kutubxonachilar, kitobxonlar bellashuvi

14-yanvar Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Zakovat intellektual o’yini bo’lib o’tdi. Zakovat intellektual o’yinida Samarqand shahar 13060- harbiy qism harbiy xizmatchilari, AKM xodimlari hamda kitobxonlardan tashkil topgan 3 ta jamoa “Amir Temur” hayoti va faoliyatiga oid savollar bilan bellashishdi. Bellashuv natijalariga ko’ra I o’rinni kitobxonlar: II o’rinni AKM mutaxassislari: III…