Bugun Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Kimyo fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari hamda tyutorlar tomonidan Pushkin nomidagi kutubxonada Oʻzbekiston respublikasining Yangi Konstitutsiyasi boʻyicha boʻlib oʻtadigan Referendumi haqida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida talaba-kitobxonlar ishtirok etishdi.