A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand shahar 70-umumta’lim maktabi o’quvchilari bilan “Qiziqarli kutubxonada” deb nomlangan ekskursiya tashkil qilindi. Ekskursiya davomida mutaxassislar tomonidan kutubxona faoliyatiga oid videorolik namoyish etilib, kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari (m.libsamarkand.uz, samarkandnatlib.uz) haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.