Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazida o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan “Navoiy yodi-ila yashaymiz mudom” nomli musiqiy badiiy kecha bo‘lib o’tdi.
Tadbir Samarqand shahardagi 40-umumiy o’rta ta’lim maktabi jamoasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Davra suhbati davomida tadbir ishtirokchilari tomonidan Alisher Navoiy haqida she’rlar, g’azalar, sahna ko’rinishi ijro etildi, va faol qatashganlarga kutubxonaning tashakkurnomasi hamda esdalik sovg’alari topshirildi.