Aholiga axborot-kutubxona xizmat ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlarni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g’oyasini ro’yobga chiqarish bo’yicha “Moviy jamadon tashrifi” loyihasi asosidagi navbatdagi ko’chma kutubxona Samarqand shaharidagi 68-umumta’lim maktabida tashkil etildi. Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy hamkorlik ishlari to’g’risida shartnoma tuzildi.