Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti bilan hamkorlikda buyuk O‘zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan “Yulduzlar bilan sirlashgan olam” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti O‘zbekiston kafedrasi dotsenti Firuz Normanov Mirzo Ulug‘bek hayoti va ijodi haqida ma‘ruza qildi.
Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar o‘rtasida savol-javoblar tashkil qilinib, videorolik namoyish etildi.