A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot- kutubxona markazida Samarqand shahar 8- umumta’lim maktabi o’quvchilari bilan “Qiziqarli kutubxonada” nomli kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.
Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.
Ekskursiya davomida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.