Haftalik doirasida Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “Bebaho nodir nashrlarimiz” taqdimoti bo’lib o’tdi. Bosh mutaxassis Z.Latipova fondda saqlanayotgan bebaho va durdona nodir nashrlar, jumladan kutubxona tarixi 1896-1915 yilgacha bo’lgan “Туркестанские ведомости” gazetalari, eng eski adabiyotimiz 1785 yilda chop etilgan “Врачебного врачевательство” kitobi va boshqa qiziqarli ma’umotlarni qatnashchilarga taqdim etdi. Taqdimot yakunida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.