“Kitobsevar millat”

Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida   viloyat madaniyat markazlari , Samarqand shahar 3-umumta’lim,  Samarqand tuman 54-umumta’lim maktablari bilan hamkorlikda   “Kitobsevar millat” deb nomlangan badiiy musiqali kecha bo’lib o’tdi. Kechada ozarbayjon, tojik, o’zbek madaniyat markazlari o’zlarining chiqishlari bilan barchaga yaxshi kayfiyat ulashishdi.

Kitob ma’naviyatimiz hazinasi!

Joriy yilning 22 aprel kuni Samarqand viloyat axborot kutubxona markazida viloyatda kitobxonlik rivojlanishining mavjud holatini aniqlash bo’yicha “Hayotingiz davomida o‘qigan eng yaxshi asaringiz” mavzusida so‘rovnoma o‘tkazildi. O‘tkazilgan so‘rovnoma kitobxonlarga katta qiziqish uyg‘otdi.

Kutubxona bo’ylab sayoxat

 “Kitobxonlik haftaligi” doirasida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga Samarqand viloyati Ichki Ishlar Vazirligi akademik litseyi 105, 106 guruh talabalari ARM rahbari M.Rabbimov boshchiligida tashrif  buyurishdi. Tashrif davomida talabalar AKM ning barcha shart – sharoitlari va elektron kutubxonaning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

“Kitobxonlik haftaligi” doirasida kitobxonlarimiz ko’paymoqda!

Bugun “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Samarqand shahar 61-eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internati o’quvchilari targ`ibotchisi R.Xushmatov boshchiligida tashrif buyurib AKM ning barcha shart –sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.

“Alisher Navoiy asarlari yosh rassomlar nigohida”

    Samarqand azal-azaldan madaniyat beshigi, buyuk shoir va rassomlar yurtidir. Bugungi kunda ham barcha umumta’lim maktablarda  yosh rassomlar to’garaklari faoliyat yuritib kelmoqda. Kitobxonlik haftaligi doirasida 21-aprel kuni  AKMda “Alisher Navoiy asarlari yosh rassomlar nigohida” nomli tadbir uyshtirildi, unda yosh rassomlar Alisher Navoiy asarlaridan  rasm chizishlari sharti berildi. Jami Samarqand shahridagi 15 ta umumta’lim maktablaridan…

Talabalarning kutubxonaga tashrifi

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga “Kitobxonlik haftaligi” doirasida AKM faoliyati bilan tanishish maqsadida Samarqand Davlat Universiteti Biologiya fakulteti 306 guruh talabalari Qo’chqorov Sherzod boshchiligida tashrif buyurishdi. Tashrif davomida AKM ning barcha shart – sharoitlari, kutubxonaning muzeyi va electron kutubxona, hamda san’at zali bilan yaqindan tanishdilar.