Bebaho nodir nashrlarimiz

Haftalik doirasida Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “Bebaho nodir nashrlarimiz” taqdimoti bo’lib o’tdi. Bosh mutaxassis Z.Latipova fondda saqlanayotgan bebaho va durdona nodir nashrlar, jumladan kutubxona tarixi 1896-1915 yilgacha bo’lgan “Туркестанские ведомости” gazetalari, eng eski adabiyotimiz 1785 yilda chop etilgan “Врачебного врачевательство” kitobi va boshqa qiziqarli ma’umotlarni qatnashchilarga taqdim etdi. Taqdimot yakunida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob…

Mutolaa chegara bilmas

Haftalik doirasida nafaqat faol kitobxon va yoshlar jalb etilmoqda, balki faol mahalalar, turli millat madaniyat markazlari ham ishtiroki ta’minlanmoqda. Jumladan Nemis madaniyat markazi a’zolari joriy yilning 20-aprel’ kuni AKMda “Mutolaa chegara bilmas” shiori ostida tadbir o‘tkazdi. Unda nemis xalq milliy urf odati, ijodiyoti va san’ati bo‘yicha viktorina o‘yinlari va markazning ijodiy uyushmasi tomonidan badiiy chiqishlar…

Sayyor tadbir tashkil qilindi.

Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish muammo va vazifalari Kitobxonlik haftaligi doirasida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, tizimni tubdan takomillashtirish  to’g’risidagi  qarori ijrosini ta’minlashga ko’maklashish maqsadida AKM mutaxassislari tomonidan 29080 harbiy qismga sayyor tadbir tashkil qilindi.

Bo’lajak biologlar kutubxonada

“Kitobxonlik haftaligi” doirasida Samarqand viloyat AKM faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand Davlat Universiteti Biologiya fakulteti talabalari Toshpo`latov Xabibullo boshchiligida tashrif buyurishdi. Tashkil etilgan ko’rgazmalar ularda katta taassurot qoldirdi, ilk marotaba kelganlar esa kitobxonlik biletiga ega bo’lishdi.

Kutubxonaga mahalla ziyolilari tashrifi

“Kitobxonlik haftaligi” doirasida faol mahalla yiliga bag’ishlab “Ziyolilar mahallasi” dan A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga AKM faoliyati bilan tanishish maqsadida Go’ri Amir MFY va Chaqar MFY faollari tashrif buyurishdi. Tashrif davomida AKM ning shart – sharoitlari,  kutubxonaning barcha bo’lim va sektorlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Kutubxonada Yangi adabiyotlar sharhi

Joriy yilning  20 aprel  kuni A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Yangi adabiyotlar bo’yicha kitoblar sharhi bo’lib o’tdi. Ushbu sharhda Samarqand Davlat Universiteti Biologiya fakulteti 302, 304 guruh talabalari qatnashishdi.