O’zbek va xorijiy adabiyotlar ko‘rgazmasi

Joriy yilning 14 aprel kuni Samarqand viloyati Axborot-kutubxona markazida Kitoblarni butlash bo‘limi xodimlari tomonidan «Kitob mo‘jizaga chorlaydi» mavzusida yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ushbu ko’rgazmada kitobxonlar Axborot-kutubxona markazida kelib tushgan Zamonaviy klassik adabiyotlar bilan tanishishdi.

Sohibqiron Amir Temur (1336-1405) tavalludiga bag‘ishlangan davra suhbati

Joriy yilning 8 aprel kuni Samarqand viloyat axborot kutubxona markazida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo`lim rahbari Toshpo’lat Tugalov bilan hamkorlikda Buyuk davlat arbobi, sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi Amir Temur tavallud topgan kuniga bag`ishlab «Biz buyuk sarkardalar avlodimiz» mavzusida qiziqarli davra suhbati o`tkazildi.

Kutubxonada “Xalqaro bolalar adabiyoti kuni”ga bag`ishlangan virtual ko`rgazma

2 aprel – butun dunyoda 1967 yildan  buyon nishonlanib kelinadigan “Xalqaro bolalar adabiyoti kuni” Xans Kristian Andersenning tug’ilgan kuni munosabati bilan  tanlanib , yozuvchiga hurmat sifatida bag’ishlangan. Ushbu kun kitoblarga bo’lgan muhabbatni kuchaytirish va jamoatchilik e’tiborini bolalar kitoblariga jalb qilish maqsadida nishonlanadi. Shu munosabat bilan 1 – aprel kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazida…

2022-yilgi Xalqaro bolalar kitobi kuni

Bolalar va o‘smirlar adabiyoti xalqaro kengashi (International Board on Books for Young People – IBBY) tashabbusi bilan 1967-yildan buyon har yili 2-aprelda Xans Kristian Andersenning tug‘ilgan kunida bolalarda kitob o‘qishga mehr uyg‘otish va e’tiborni jalb qilish maqsadida Xalqaro bolalar kitobi kuni nishonlanadi.Ma’lumot uchun: IBBY 1953-yilda Tsyurixda (Shveytsariya) YUNESKOning Bolalar va o‘smirlar adabiyoti bo‘yicha xalqaro kengashi…

“Muruvvat” internat uyida ko’chma kutubxona tashkil qilindi

Joriy yilning 28 – mart 2022 yil A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga Samarqand viloyati Urgut tumani “Muruvvat” NBSHU erkaklar internat uyi taklifiga binoan AKM mutaxassislari tomonidan ko’chma kutubxona tashkil qilindi. Ko’chma kutubxona tashkil qilishda foydalangan adabiyotlar soni 130 dona badiiy adabiyotlardan iborat. O’zbek yozuvchilarining adabiyotlari soni 100 dona rus yozuvchilari adabiyotlari soni 30 dona.…

Tanishing yangi kitoblar

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutuxona markazi mutaxassislari tomonidan 2022 yil 28-mart kuni navbatdagi “Yo‘l-yo‘lakay o‘qiymiz” loyihasi asosida AKM fondiga kelib tushgan yangi adabiyotlar aholiga targ‘ib etildi.