Kel Samarqand shahriga

Joriy yilning 10 – mart kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Abdurahmon Amonovning “Kel Samarqand shahriga” deb nomlangan uslubiy risolasi taqdimoti bo’lib o’tdi. Ushbu kitob O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, san’at fidoiysi, mazkur risolaning yuzaga kelishiga xizmati singgan yetuk bastakor Olimboy Rahmonovning porloq xotirasiga bag’ishlanadi. Tadbirda O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo’limi rahbari F.Toshev…

Klassik adabiyotlar

A.S.Pushkin nomidagi axborot – kutubxona markazining madaniy marifiy ishlar rejasiga muvofiq 2022 yil 10 mart kuni “Zamonaviy klassik adabiyotlari” deb nomlangan ko’rgazma tashkil etildi. Ko’rgazmada 30 ga yaqin adabiyotlar kitobsevarlarga havola etildi.

Jannat onalar oyog‘i ostidadir

Joriy yilning 4 – mart kuni A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand shahar 13060 harbiy qism bilan hamkorligida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab “Jannat onalar oyog‘i ostidadir” deb nomlangan badiiy musiqaviy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbir markaz xodimlarining madaniy dam olishlari uchun tashkil etilgan bo’lib, unda harbiy qism xizmatchilari o‘zlarining chiqishlari bilan barchani xushnud etdilar.…

Durdonai Sharq

Joriy yilning 3 – mart kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo’limi tomonidan “Durdonai Sharq” ya’ni “Sharq durdonasi” adabiy, ilmiy va ma’rifiy jurnalini taqdimoti bo’lib o’tdi. Bu turdagi jurnal O’zbekistonda birinchi marta tojik tilida chop etilayapdi. Ushbu jurnalda O’zbekistonda yashab ijod qiladigan ijodkorlar ijod namunasi birinchi navbatda va qolaversa…

Moviy Jamadon

Moviy Jamadon loyihasining navbatdagi tadbiri joriy yilning 2-mart kuni AKM mutaxassislari tomonidan Samarqand shahrida joylashgan 43-son maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari o’rtasida uyushtirildi. Tadbirda jajji bolajonlarga mo’ljallangan 20 ga yaqin ertak kitoblar targ’ib qilindi.

Kutubxonaga tashrif

Joriy yilning 1 mart kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga Samarqand viloyat Yuridik texnikum va So’zangaron tibbiyot kollej talabalari F.Sodiqov va M.Axmedova boshchiligida tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalar kutubxonada mavjud bo’lgan sahrt – sharoitlar barcha bo’lim sektorlar bilan yaqindan tanishib chiqdilar.