Joriy yilning 4 – mart kuni A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand shahar 13060 harbiy qism bilan hamkorligida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab “Jannat onalar oyog‘i ostidadir” deb nomlangan badiiy musiqaviy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbir markaz xodimlarining madaniy dam olishlari uchun tashkil etilgan bo’lib, unda harbiy qism xizmatchilari o‘zlarining chiqishlari bilan barchani xushnud etdilar. Tadbir so‘nggida AKM xodimlariga kursantlar tomonidan guldastalar taqdim etildi.