O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-apreldagi 26-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamda Samarqand tuman axborot kutubxona markazi bilan hamkorlikda “Eng yaxshi kitobxon oila” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda Jumayevlar, Inoyatovalar, Ilyasovlar, Raxmatovlar oilasi 4 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashishdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra:
I o‘rin Raxmatovlar hamda Ilyasovlar oilasiga,
II o‘rin Jumayevlar oilasi,
III o‘rin Inovatovalar oilasiga nasib etdi. G‘oliblar viloyat axborot-kutubxona markazi hamda tuman axborot-kutubxona markazlarining tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘asi bilan taqdirlanishdi.