Darhaqiqat, millat darajasini shu millat ayolining darajasi belgilaydi, chunki xalq ayolidan baland bo’lolmaydi. Negaki, xalq ayolning mahsulidir. Bugungi kunda, Zulfiyaxonim- aynan shu ayol sifatida ko’z oldimizda gavdalanadi Uning ijodidan har bir o’zbek xotin-qizlari bahramand bo’lib kelmoqda.

Bugun Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislarida Markaziy harbiy okrug 13060 harbiy qism xizmatchi oilalari o’rtasida “O’zbek ayoli timsoli – Zulfiyaxonim” nomli adabiy-badiiy, she’riyat kechasi o’tkazildi. Unda O’zbek ayoli timsoli – Zulfiyaxonim, hayoti va ijodi haqida viktorina, “She’riyat gulshani” mavzusida ishtirokchilar tomonidan Zulfiyaxonim ijodidan namunalar talqin etildi. Eng faol ishtirokchilar tashakkurnoma va estalik sovg’alar bilan taqdirlandi.