“INFOLIB O’ZBEKISTON-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida  “E’zozdagi insonlar” nomli davra suhbati bilan o’z nihoyasiga yetdi. Ushbu davra suhbatiga mehmon sifatida “Sharq tongi”, “Yomini”, “Botir Zokirov” va “Nurli kelajak” mahallalarining faol ayollari taklif etildi. Hayotda o’z o’rniga ega bo’lgan onaxonlar yosh yigit-qizlar bilan hayotiy tajribalarini bo’lishdilar.