“Kitobxonlik haftaligi” doirasida bugun Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “Kitobxon va kutubxonachi” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi. Ushbu ko’rik tanlovda 4 nafar kutubxonachi va 4 nafar kitobxon 4 shart bo’yicha bellashishdi.
 1 – shart “Tanishtiruv”, 2 – shart “Bir asar tarixi”, 3 – shart “Qiziqarli ma’lumotlar”, 4 – shart “Kutubxona hayotidan lavhalar” deb nomlandi. Ushbu ko’rik-tanlovga Samarqand harbiy gospitali klub – kutubxona mudirasi M.Shadiyeva, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi D.Sulaymonov hakamlik qilishdi. Ko’rik – tanlovda kutubxonachilar Z.Djunaidova, N.Vohidova, G.Rahimova, S.Rasulovalar kitobxonlardan A.Sarxadzoda, G.Beshimova, N.Qarshiyev, B.Shukurovlar ishtirok etishdi. Ko’rik – tanlovda axborot – kutubxona markazi faol mutaxassisi Nigora Vohidova va faol kitobxoni Gulchehra Beshimova 1 – o’rinni, Gulbahor Rahimova va Norqul Qarshiyev 2 – o’rinni, Zarina Djunaidova va Asaloy Sarhadzoda, Sitora Rasulova va Baxrom Shukurovlar 3 – o’rinni egallashdi. Ko’rik – tanlov bahs munosaraga boy ko’tarinki ruhda  o’tdi.