✍️A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tizimidagi Pastdarg‘om tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida memorandum imzolandi.

✍️Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida ta‘lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tizimidagi Pastdarg‘om tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bilan memorandum imzolandi.
Memorandum doirasida hukumatimiz tomonidan chiqarilayotgan qonun, nizom va dasturlarning mazmun mohiyatini ochib beruvchi huquqiy bilimlarni oshirishda ijtimoiy, siyosiy bahs munozaralarga jalb etish;Siyosiy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish; Ommani ayniqsa, yoshlar  ongu tafakkuri, dunyoqarashini kengaytirish va ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va ko‘chma kutubxonalar tashkil qilish; Azaliy qadriyatlari va o‘lmas an’analarni qayta tiklash, unutilib borilayotgan qadriyatlarni tiklash va aholiga targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni uyushtirish bilan yoshlarni axborot-kutubxona markaziga jalb qilish; Respublika, viloyat, tumanlar miqyosida nashr etilayotgan yangi adabiyotlar va davriy nashrlardan xabardor etish; Iqtidorli o‘quvchilarning intellektual, ilmiy va ijtimoiy salohiyatini ochib berish va ular uchun shart-sharoitlar yaratish; O‘quvchilarning aniq fanlarni chuqur o‘rganish, muhandislik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishni tashkil qilish hamda ularning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; O‘quvchilarning umumta’lim fanlari bo‘yicha xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarda munosib ishtirokini ta’minlash va ularni rag‘batlantirib borish; Pastdarg‘om tuman ixtisoslashtirilgan maktabida qisqa muddatli o‘qitish yoki ma‘ruzalar kurslari, kasbiy seminarlar, treninglar, ilm-fan bo‘yicha mahorat darslarini tashkil etish; Kutubxona bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, o‘quvchilarni ilmiy va innovatsion faoliyatga keng jalb etish; Pastdarg‘om tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchi o‘quvchilarining bilimlarini oshirishga ko‘maklashishga kelishib olindi.