A.S.Pushkin nomidagi Samarqand  axborot- kutubxona markazida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tashabbusi bilan Urgut tumanidagi “Vakach” hamda “Jartepa” MFY yoshlari ishtirokida “Qiziqarli kutubxonada” nomli  kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.

Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari  haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.
Shuningdek, ishtirokchilar bilan birgalikda kitobxonlikka oid turli xil savol-javoblar ham tashkil etildi.