“Taxti Sulaymon”, “Sensiz”, “Ishq osmoni”, “Amerika oqshomlari”, “Ey dil” nomli she’riy to’plamlari hamda “Qalbimdagi vatan”, “Hukmdorning buyuk armoni”, “Yalangto’sh tutgan yo’lbars” nomli tarixiy romanlar muallifi Salomat Mamatqulova o’zlarining qalamlariga mansub kitoblarini A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga sovg’a qildilar.

Ma’lumot o’rnida shuni aytib o’tish joizki, Salomat Mamatqulova Samarqand viloyati Toyloq tumani Bog’izoxon Jamoa xo’jaligi, yuqori qishlog’ida tug’ilgan. 1985-yilda Samarqand Davlat Universiteti Tarix va jamiyatshunoslik bo’limini tugatgan.

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot -kutubxona markazi jamoasi Salomat Mamatqulovaga minnatdorchilik bildiradi.