Tadbir O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi, viloyat axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi, viloyat tojik va tojikzabon milliy-madaniy markazi, viloyat “Ovozi Samarqand”, “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetasi hamda A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazi tahririyatlari hamkorligida tashkil etildi. Ishtirokchilar esa o‘zbek, tojik, rus va boshqa millat vakillaridan iborat adabiyot ixlosmandlari bo‘ldi.

Adabiy kechada taniqli yozuvchi va shoir Farmon Toshevning o‘zbek va rus tilida chop etilgan “Yo‘l – Put”, jurnalist Gʻolib Hasanovning “Onamga qasida” kitoblari, shuningdek, viloyat “Ovozi Samarqand” gazeatasi tahririyati tomonidan chop etilgan tojik va o‘zbek tillarida nashr etilgan “Ovozi Samarqand: mashvarat, tashabbus, muvaffaqiyat” jurnali taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olganlar tomonidan mamlakatimizda ayniqsa, viloyatimizda milliy bag‘rikenglikka alohida e’tibor qaratilayotgani, asrlar davomida o‘nlab xalq va millat vakillari ushbu hududda yashab kelganligini, qolaversa, millatlararo do‘stlikni mustahkamlash uchun xizmat qiladigan bu kabi adabiyotlar yozilayotgani alohida tilga olishdi.

Uchrashuv yakunida mualliflar tomonidan chop etilgan kitoblar va jurnallar kutubxona fondiga sovg’a qilindi.