Bolalarni kitobga qiziqtirish, ularning hayot yo’llaridagi mayoq vazifasini bajaradi. Shunday ekan bolalarni kitobga oshno qilish kerak. Shu maqsadda A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot – kutubxona markazi xodimlari Samarqand tumanidagi “Uchqun” bolalar oromgohida kitob targ’iboti tashkil qilishdi. Tadbir davomida kitoblar haqida qiziqarli ma’lumotlar aytib o’tildi. Shuningdek, bolalar bilan birgalikda turli tez aytish, ertak va she’riy aytishuvlar tashkil qilindi.