O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi bo’yicha implementatsiya strategiyasini joriy etish va aholini bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish uchun ilm va tafakkur manbai bo’lgan kitoblardan foydalanishlarini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Yo’l-yo’lakay o’qiymiz” loyihasining bu galgi tashrifi shahrimizning Registon maydonida bo’ldi.

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand Axborot-kutubxona markazi xodimlari shahar aholisi, milliy qadriyatlarimizni xalqqa tanitayotgan hunarmanlar va mehmonlarni kutubxona fondiga yaqinda keltirilgan yangi adabiyotlar bilan tanishtirdilar.