Joriy yilning 24- noyabr kuni Dahbet ko’chasida joylashgan 1-son talabalar turar joyida Samarqand davlat tibbiyot universiteti farmatsiya fakulteti tibbiy kimyo kafedrasi tomonidan “O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida” mavzusida abadiy- badiiy kecha bo’lib o’tdi.
Adabiiy kechada Samarqand olimpia zahiralari kollejining sambo bo’yicha bosh treneri O’ktam Haydarov, O’zLIDEPsining Samarqand viloyat bo’limi rahbari Marhabo Cho’liyeva, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Zuhrabegim Eshonqulova, O’zbekiston ayollar va qizlar uyushmasi Samarqand bo’limi rahbari Fotima Botirova, A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Djunaidova Zarina, Shamsiyeva Iroda, Ismoilova Shaxzoda lar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus – yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash haqida fikr yuritildi.