Bugun o ‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, mutolaa madaniyatini oshirish, o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli o‘tkazish hamda yosh avlodning ilm-fanga qiziqishini oshirish, o‘qituvchilarning bilimini yanada mustahkamlash maqsadida “Nasr.uz” saytining tashabbusi bilan A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, AOKAning Samarqand viloyat boshqarmasi, “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazi viloyat bo‘limi, hamda “Fan bulog‘i” nashriyotlari bilan hamkorlikda “Yoz – kitob bilan soz” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Yoz – kitob bilan soz” tanlovi – “O‘quvchilar”, “O‘qituvchilar” va “Kitobxonlar” yo‘nalishlari o‘tkazilib, ularda jami 80 ga yaqin ishtirokchilar faol qatnashdi. Tanlov natijalariga ko‘ra, 12 nafar ishtirokchi g‘olib deb topilib 13 nafariga rag‘batlantirish maqsadida “Tashakkurnoma” e’lon qilindi.