Har bir muvaffaqiyatning siri mehnatdir.

Bugun A.S. Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari Samarqand viloyati Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bilan hamkorlikda “Men muvaffaqiyatli ayolman” nomli davra suhbati hamda kitoblar targ’iboti tashkil qilishdi. Davra suhbatida viloyati Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktor orinbosari, dotsent D.Rasulova, Tillar oqitish metodikasi…

Kitob-ma’naviyat poydevori

Bugun A.S. Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari Samarqand shahar 13060 harbiy qismda Sayyor tadbiy tadbir doirasida kitob targ’iboti o’tkazishdi. Kitobning bebaxo xazinasini yana bir karra ko’rsatishni o’zlariga maqsad qilgan viloyat AKM xodimlari harbiylar uchun mos Amir Temur haqidagi va Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarlarini targ’ib qilishdi. Tadbir davomida harbiylar bilan turli-xil savol-javoblar tashkil qilindi.

Faollar malakasi oshirildi

2019-yilning dekabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi qonuni xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasida kasaba uyushmalarining vakolat hamda imkoniyatlari yanada kengaydi. Mazkur Qonunni amaliyotda qo‘llash, ushbu qonun talablaridan kelib chiqib faoliyatini yanada takomillashtirish masalalarida  xodimlar va faollarni o‘qitish hamda malakasini oshirish ishlarini izchil davom ettirish maqsadida,  O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va…

Sayyor tadbir doirasida kitob taqdimoti tashkil qilindi

Bugun A.S. Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Oqdaryo tuman AKM xodimlari bilan hamkorlikda Sayyor tadbir doirasida Oqdaryo tumani Loyish shaharchasi 15- umumta’lim maktabida tashkil qilingan “Yoshlik” oromgohida  bolalarning yozgi ta’tilda vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari va kitobga oshno qilish maqsadida kitob taqdimoti, she’rxonlik kechasini tashkil qilishdi. Tadbir davomida o’quvchilar tomonidan ona, vatan haqida yod olgan…

O’QUV MASHG’ULOTI

A.S. Pushkin nomidagi viloyat AKM “Axborot –kutubxona hujjatlarini butlash “ xodimlari tomonidan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi A.S. Pushkin nomidagi viloyat AKM qoshida “Axborot-kutubxona hujjatlarini butlash va kataloglashtirish xodimlar maktabi” tashkil etilib joriy yilning 6, 7, 8, 15, 16- iyun kunlari viloyatdagi tuman, shahar AKMlardagi “Axborot-kutubxona hujjatlarini butlash va kataloglashtirish” bo‘lim xodimlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Chet el mutaxassislari bilan fikr almashildi

Bugun A.S. Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari http://victory.libfl.ru/home dastur orqali Rossiya Federatsiyasi chet tillar kutubxonasi hamkorligida “Kutubxonalar -g’alaba guvohlari”(Библиотеки-свидетели победы) loyihasi asosida ikkinchi jahon urushida qozonilgan g’alabaning 75-yilligini munosib nishonlash mavzusida onlayn davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida A.S. Pushkin nomidagi AKM xodimlari Laptev Kirill, Latipova Zarina, Belyayev Vladimirlar ishtirok etishdi. Shuningdek, Ozarbayjon chet tillar…