Assalomu alaykum!

Yangi O’zbekistonning-bunyodkor yoshlari!

Bugungi qutlug’ ayyom – Yoshlar kuni bilan Yurtimizning yoshlarini chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz.
Ertangi kunning egalari sizlardek tashabbuskor, isteʼdodli, bilimga chanqoq, izlanuvchan, masʼuliyatli, sogʻlom, barkamol yoshlardir. Muhtaram Prezidentimizning Siz yoshlarga boʻlgan alohida e’tibori, gʻamxoʻrligi natijasi sifatida 2017-yil 30-iyunda boʻlib oʻtgan tarixiy uchrashuvda 30-iyun “Yoshlar kuni” deb eʼlon qilingan edi.

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek siz yoshlarni Oʻzbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlaymiz.
Sizlarga mamlakatimizning mustaqilligini mustahkamlashda, yurtimizga munosib farzand hamda jahon miqyosidagi raqobatbardosh, yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlaringizda zafarlar tilaymiz.
Siz, jondan aziz o’g’il-qizlarimizdan faqat bitta iltimosimiz, bitta tilagimiz bor: ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz, xalqimizning sizlardan kutayotgan orzu-umidlarini amaliy ishlar bilan ro’yobga chiqarish yo’lida to’xtamang, qoqilmang, charchamang!

O’z maqsadlaringiz sari qo’rqmasdan qadam tashlang! Ishonamiz, siz albatta maqsadingizga erishasiz!

O’qish-o’rganish, doimiy izlanish, ilm-fanga, taraqqiyot cho’qqilarini egallashga intilib yashash doimo hamrohingiz bo’lsin!

Sizlarning har biringizga el-yurtimiz faxrlanadigan, jonajon O’zbekistonimizning munosib farzandi, haqiqiy inson bo’lish baxti nasib etishini hamda kuch-g’ayrat va shijoat sizlarni hech qachon tark etmaslgini tilaymiz.

Yana bir bor Sizlarni 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, baxt va omad hamisha yor bo’lsin!