Aziz hamkasblar! Muhtarama do’stlar! Qadrli kitobxonlar!

Mamlakatimizning ko’p asrlik tarixida mutlaqo yangi sahifa ochgan, erkin va farovon hayot qurish yo’lini ochib bergan O’zbekiston davlat mustaqilligining 32-yillik bayrami barchamizga muborak bo’lsin!

Shunday qutlug’ damda yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilab qolamiz!

Barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning o’zi qo’llasin, o’zi madadkor bo’lsin!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo’lsin!

Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!