Kitob barcha yosh toifasi uchun eng a’lo tuhfa, shunday emasmi? kitobning qadri, uning qiymati oshsa oshadiki, lekin hech qachon o’lmaydi. Buning isboti o’laroq, siz yashar ekansiz, albatta, ma’naviy ozuqaga muhtojlik sezasiz, qay shaklda bo’lmasin kitob mutolaa qilishga harakat qilasiz. Chunki kitob mutolaasi sizni ma’naviy yuksaklikka chorlaydi va kutubxona esa bu yo’lda ko’prik vazifasini o’taydi. Shuningdek, shunday insonlar ham borki, ular nafaqat o’zlari kitob mutolaa qiladilar, balki boshqalarning ham kitobxon bo’lishini istaydilar. Shunday insonlardan biri, shoir va nosir, Oliy majlis senati a’zosi, «Zarafshon» hamda “Самаркандский вестник” gazetalarining bosh muharriri, «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi Farmon Toshev viloyat axborot-kutubxona markaziga o’zlarining turli mavzularda yozilgan kitoblarini sovg’a qildilar.

Farmon Toshevga viloyat axborot-kutubxona markazi jamoasi xayrli ishlari uchun minnatdorchilik izhor etadi!