A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida buyuk rus ijodkori A.S.Pushkin hayoti va ijodiga bag’ishlab ” Язык неистощим в соединении слов” deb nomlangan ko’rgazma tashkil etildi.

Ma’lumot o’rnida: rus yozuvchisi, Aleksandr Pushkin-yangi rus adabiyotining asoschisi. Otasi Sergey Lvovich qadimgi dvoryanlar qavmidan, onasi Nadejda Osipovna esa Pyotr I qo‘lida tarbiya ko‘rgan habash — A.P.Gannibalning nabirasi bulgan. Pushkinda nafis so‘zga mehr-muhabbatning paydo bulishida rus xalq qo‘shiqlari hamda ertaklarini yaxshi bilgan enagasi Arina Rodionovnaning ta’siri, ayniqsa, kattadir.
Pushkinning rus madaniyati taqdiridagi roli benihoya buyuk. U yangi rus adabiyotiga asos solish bilan birga rus adabiy tilining ham shakllanishiga ulkan hissa qo‘shdi. Rus adabiyotida realizm va xalqchillik tamoyillarining, qator she’riy janrlarning shakllanishi va taraqqiyoti Pushkin nomi bilan chambarchas boglik,. Pushkinning rang-barang ijodi nafaqat keyingi rus adabiyoti, balki musiqa, teatr, balet, rangtasvir singari san’at turlarining ham rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Boshqa qardosh adabiyotlar qatori 20-asr o‘zbek adabiyotining taraqqiyotida ham Pushkin ijodining ta’siri sezilarlidir.
Toshkentda Pushkin nomida ko‘cha, maydon bor. Pushkinning tug‘ilgan kuniga 170 yil to’lishi munosabati bilan 1969-yil Toshkent shahrida shoirga haykal o‘rnatilgan.