Ustozlar -o’quvchilarning kitobga mehr qo’yishida asosiy sababchi

O’quvchilarining kitobga bo’lgan mehrini oshirish maqsadida “Smart” o’quv markazining o’qituvchisi o’quvchilari bilan birgalikda A.S. Pushkin  nomidagi axborot-kutubxona markaziga kelishdi. Kutubxona mutaxassislari kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami bilan tanishtirdi. Shuningdek, ta’til davomida kutubxonaga kelib, badiiy kitoblar o’qib, ma’naviy boyliklarini oshirishlari mumkinligini ta’kidlab o’tdilar.

“JADIDLAR” to’plami A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazida

Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan ma’rifatparvar jadid allomalarimizning ilmiy merosini ommalashtirish maqsadida “Jadidlar” rukni ostida kitoblar to‘plami nashr etilib, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan kitoblar Samarqand viloyatidagi 15 ta tuman va shahar axborot-kutubxona markazlariga taqdim etildi.  Samarqand viloyati A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazi o’z minnatdorchiligini bildiradi. O‘qish ishtiyoqida bo‘lgan barcha kitobxonlar A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona…

Yaxshi kitob- bolalar kelajagining poydevori

Bolalarni kitobga qiziqtirish, ularning hayot yo’llaridagi mayoq vazifasini bajaradi. Shunday ekan bolalarni kitobga oshno qilish kerak. Shu maqsadda A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot – kutubxona markazi xodimlari Samarqand tumanidagi “Uchqun” bolalar oromgohida kitob targ’iboti tashkil qilishdi. Tadbir davomida kitoblar haqida qiziqarli ma’lumotlar aytib o’tildi. Shuningdek, bolalar bilan birgalikda turli tez aytish, ertak va she’riy aytishuvlar tashkil…

Kutmoq va umid qilmoq kerak …

Jazo ham, mukofot ham Allohning irodasi bilan inson tirikligidayoq uni benasib qoldirmasligi “Graf Monte -Kristo” asarida o’z aksini topadi. Faqat Graf ta’kidlaganidek- Kutmoq va umid qilmoq kerak … Aleksandr Dyuma- nafaqat aql bovar qilmaydigan iste’dod egasi, balki hayratlanarli darajada mehnatkash xarakterga ega bo’lgan odam edi. U hayoti davomida (1802-1870) dunyoga mashhur o’lmas asarlarning muallifidir. Shunday…

Aleksandr Dyuma-aql bovar qilmaydigan iste’dod egasi

Nafaqat aql bovar qilmaydigan iste’dod va ijodiy daho, balki hayratlanarli darajada mehnatkash xarakterga ega bo’lgan shaxs- Aleksandr Dyumaning tavallud ayyomiga bag’ishlab A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot kutubxona-markazida mutaxassislar tomonidan kitobxonlar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbati davomida yozuvchining hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar aytib o’tildi.