INFOLIB O’ZBEKISTON-2023

“INFOLIB O’ZBEKISTON-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida  “E’zozdagi insonlar” nomli davra suhbati bilan o’z nihoyasiga yetdi. Ushbu davra suhbatiga mehmon sifatida “Sharq tongi”, “Yomini”, “Botir Zokirov” va “Nurli kelajak” mahallalarining faol ayollari taklif etildi. Hayotda o’z o’rniga ega bo’lgan onaxonlar yosh yigit-qizlar bilan hayotiy tajribalarini bo’lishdilar.

INFOLIB O’ZBEKISTON-2023

“INFOLIB O’ZBEKISTON-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Samarqand shahar Ichki Ishlar bo’limi va Toyloq tuman Ichki Ishlar bo’limi bilan hamkorlikda “Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi. Samarqand tuman Ichki Ishlar bo’limi va Toyloq tuman Ichki Ishlar bo’limi terma jamoasi “Zakovat” intellektual…

INFOLIB O’ZBEKISTON-2023

“INFOLIB O’ZBEKISTON-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Rossiya Federatsiyasi Davlat kutubxonasida malaka oshirib qaytgan axborot-kutubxona fondlarini saqlash xizmati bosh mutaxassisi Zarina Latipova tomonidan axborot-kutubxona markazi mutaxassis xodimlari uchun “Kutubxonalarda fondlarni saqlash va konservatsiya masalalari” nomli o’quv seminari tashkil qilindi. Ushbu o’quv seminarida axborot-kutubxona hujjatlarini saqlash va qayta restavratsiya qilish…

INFOLIB O’ZBEKISTON-2023

“INFOLIB O’ZBEKISTON-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “Barhayot navolar” nomli musiqa kechasi bo’lib o’tdi. Ushbu musiqa kechaga mehmon sifatida Samarqand shahar ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi dotsent shashmaqomshunos ustoz Ixtiyor Sultonov va ustozning sozanda hamda shogirdlari taklif qilingan. Musiqa kechasida san’atga qiziquvchi yoshlar ustozga o’z savollarini berishdi va javoblarga ega bo’lishdi.…